17 Dekabr 2022 yil
457
IIV Qashqadaryo akademik litseyida fan olimpiadasida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va o‘qituvchilar taqdirlandi
IIV Qashqadaryo akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan 3-bosqich viloyat fan olimpiadasida o‘zbek tili fanidan IIV akademik litseyining 2-kurs o‘quvchisi Sevinch Sa’dullaeva 2-o‘rinni, o‘zbek tili fanidan 2-kurs o‘quvchisi Zarina Eshmurodova 3-o‘rinni hamda rus tili fanidan 2-kurs o‘quvchisi Sabrina Yo‘ldosheva 3-o‘rinni egallab, fan olimpiadasining 4-Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi. Yaqinda fan olimpidasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularningo‘qituvchilari IIV Qashqadaryo akademik litseyi rahbariyati tomonidan taqdirlandi.
Ushbu tadbir o‘qituvchi va o‘quvchilarga katta taassurot qoldirib, kelgusi fan olimpiadalari uchun motivatsiya berdi.