6 Sentyabr 2021 yil 609

IIV Qashqadaryo akademik litseyida bilimlar kuni keng nishonlandi


Barcha joylarda boʼlgani kabi IIV Qashqadaryo akademik litseyida bilimlar kuni keng nishonlandi. Viloyat IIB, ota-onalar, litsey oʼqituvchilari va oʼquvchilari ishtirok etgan tadbirni boshqarma boshligʼining oʼrinbosari polkovnik X.Bozorov ochib, oʼquv yili boshlanishi munosabati bilan litsey oʼqituvchilari, oʼquvchilari va yangi qabul qilingan oʼquvchilarni qutladi. Oʼquvchilarga oʼqishlarida omad tiladi. Bu yilgi oʼquv jarayonida ham oʼquvchilar kitobxonlik, bilimlar bellashuvi va sport sohalarida yangi marralarni zabt etishiga ishonch bildirdi.
Tadbirda soʼz olgan boshqarma Faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi polkovnik S.Islomov ichki ishlar organlari xizmati oʼta mashaqqatli va shu bilan birga sharafli kasb ekanligini, bu kasb kishidan yuksak sabot va matonatni talab etishini bildirdi. Oʼquvchilar dars mashgʼulotlarini puxta oʼzlashtirish bilan birga jismoniy chiniqish uchun muntazam sport bilan shugʼullanishi lozimligini taʼkidladi.
Litseyni muvaffaqiyatli bitirib, IIV Аkademiyasi tinglovchilari safidan joy olgan bir guruh oʼquvchilarning ota-onalari soʼzga chiqib, farzandlari sohaga boʼlgan qiziqish tufayli mana shu taʼlim dargohida oʼqib, tahsil olgani va oʼqituvchilarning bergan bilimi tufayli nufuzli oliygoh talabasi boʼlganini bildirdi. Oʼquvchilarga dars mashgʼulotlarini puxta oʼzlashtirish, ustozlar oʼgitiga amal qilgan har qanday oʼquvchi koʼzlagan maqsadiga erishishi uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar yaratilganini eʼtirof etdi.
Tadbir yakunida birinchi qoʼngʼiroq chalinib, oʼquvchilar dars mashgʼulotlariga kirishdi.

Text to speech