IIV Malaka oshirish instituti Qashqadaryo filialida masofadan oʼqitish kurslari tashkil etilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2020 yil 6 mart kunidagi 2/1006-sonli koʼrsatmasi talablari asosida ichki ishlar organlarining Tashkiliy boʼlim inspektorlarini malakasini oshirish boʼyicha Vazirlik Kadrlar bosh boshqarmasining 2020 yil 27 may kunidagi 2/1886-sonli koʼrsatmasi bilan tasdiqlangan joriy yilning 8-iyunь kunidan 8-iyulь kuniga qadar masofadan oʼqitish kurslarini tashkil etilishi boʼyicha rejasiga muvofiq IIV Malaka oshirish instituti Qashqadaryo filialida tuman IIBlarining Tashkiliy boʼlimlaridagi murojaatlar bilan ishlash guruhi xodimlarini malakasini oshirish boʼyicha masofadan oʼqitilishi tashkil etildi.
Masofadan oʼqish davomida xodimlardan ONLАYN tartibida dastlabki test sinovlari qabul qilinib, xodimlarga ijobiy baholar qayd etildi. Masofaviy oʼqish dasturiga koʼra, sohaga oid normativ huquqiy xujjatlarni oʼqish va oʼzlashtirish borasida tushuntirildi.
IIV MOI Qashqadaryo filialida olib borilayotgan masofaviy oʼquv kursi yakuni boʼyicha xodimlardan ONLАYN tartibida yakuniy test sinovlari qabul qilinishi belgilab qoʼyilgan.