8 Aprel 2024 yil 307

IIV Madaniyat saroyi qo‘shiq va raqs ansamblining xushovoz xonandalari va so‘z ustalari ishtirokida G‘uzor tumanlari markaziy o‘yingohi hamda Shahrisabz shahar Madaniyat markazida konsertlar tashkil etildi.

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024 yil 20 fevral kunidagi farmoyishiga asosan, Vazirlik Madaniyat saroyi qo‘shiq va raqs ansamblining xushovoz xonandalari va so‘z ustalari ishtirokida joriy yilning 5-6-aprel kunlari Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahar anfiteatrda, Muborak, G‘uzor tumanlari markaziy o‘yingohi hamda Shahrisabz shahar Madaniyat markazida konsertlar tashkil etildi.

Konsertga ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolari,  faxriylar, boquvchisini yo‘qotganlar hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida vafot etgan xodimlarning oila a’zolari taklif etildi.

O‘tkazilgan konsert dasturida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan elimizning hushovoz san’atkorlari hamda so‘z ustalari tomonidan ijro etilgan kuy qo‘shiqlari, dil tortar navolari-yu, hangomalari konsert dasturiga tashrif buyurgan tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirining 2024 yil 9 martdagi tegishli farmoyishi asosida yoshlarni madaniyat, san’at va boshqa ijodiy sohalardagi iqtidorlarni namoyon etishlari uchun munosib sharoitlar yaratish, yosh avlod qalbida vatanga muxabbat va sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirishga qaratilgan “Dillarda vatan madhi” shiori ostida o‘tkazilgan qo‘shiq va she’riyat tanlovining viloyat bosqichida faxrli o‘rinlarni egallagan yoshlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Madaniyat saroyi boshlig‘i podpolkovnik U.Tillayev hamda viloyat IIB rahbariyati tomonidan diplom va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Konsert dasturi yakunida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Madaniyat saroyi boshlig‘i podpolkovnik U.Tillayev boshchiligidagi san’atkorlar hamda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari va farzandlari bilan dildan suhbat qurishib, ularga qimmatbaho sovg‘a salomlar elimiz suygan san’atkorlar tomonidan ulashildi.

Xayriya tadbirida uyushmagan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Dillarda Vatan madhi” tanlovi g‘oliblari ham taqdirlandi.

Konsert yig‘ilganlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Text to speech