IIV JIED to‘rtinchi mintaqaviy hudud 2-sonli Jazoni ijro etish koloniyasida “Intizom oyligi”
IIV JIED to‘rtinchi mintaqaviy hudud 2-sonli Jazoni ijro etish koloniyasida “Intizom oyligi” doirasida shaxsiy tarkibini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, kasbiy jangovarligini oshirish, xizmat intizomi buzilishini oldini olish bo‘yicha “xodimbay” ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Dastlab ertalab, koloniyada kunlik xizmatga jalb qilingan xodimlar bilan koloniya boshlig‘i tomonidan xizmat oldi yo‘riqnoma o‘tkazilib, yo‘riqnomada xodimlar bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi. So‘ngra, xodimlar boshqarib yurgan transport vositalari hujjatlari ko‘zdan kechirildi. Koloniya davolash-profilaktika yordam ko‘rsatish bo‘limi xodimlari bilan xizmat intizomi va qonunchilik bo‘yicha yakka tartibda suhbat o‘tkazilib, xizmat xonalari va faoliyati, yurituvidagi daftarlari tekshiruvdan o‘tkazildi. Ushbu jarayonda koloniya xodimlarining uyiga tashrif buyurilib, oilaviy yashash sharoiti o‘rganildi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.