16 Fevral 2021 yil 3058

IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshligʼi R.Tursunov boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi 10- son jazoni ijro etish muassasasi faoliyati oʼrganildi

Oʼzbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshligʼi polkovnik R.R.Tursunov 2021 yil 15-fevral kuni Qashqadaryo viloyati IIB JIEB 10-son JIEKga tashrifi davomida dastlab 7533-harbiy qism 4-batalon harbiy nazoratchilar qorovulxonasi, harbiy nazoratchilarga yaratilgan sharoit bilan tanishdi. Bosh boshqarma boshligʼi tomonidan harbiy nazoratchilar shart-sharoitini yanada yaxshilash boʼyicha batalьon kamandiri va koloniya rahbariyatiga tegishli topshiriqlar berib oʼtildi. Shundan soʼng, Bosh boshqarma boshligʼi koloniya ichki xududida joylashgan Davolash profilaktika-yordam koʼrsatish boʼlimiga borib u yerda davolanayotgan maxkumlar va shifokor xodimlar bilan suhbat oʼtkazdi. Shuningdek, Bosh boshqarma boshligʼi koloniya yashash saxnlarida joylashgan mahkumlar yotoqxonalariga tashrif buyurib jazo muddatini oʼtayotgan mahkumlar bilan suhbat oʼtkazib, jazo muddatini oʼtash davrida kun tartib qoidalariga soʼzsiz rioya qilishlari, tartibbuzarlik sodir etmasliklari, oilalari bagʼriga tez kunlarda qaytishlari xususida maslahatlar berdi. Bundan tashqari, Bosh boshqarma boshligʼi tomonidan koloniyaning mahkumlar oshxonasi, savdo doʼkoni va kutubxonasi koʼzdan kechirildi. Maxkumlar savdo doʼkonida mavjud oziq-ovqat maxsulotlari turlari bilan tanishib, maxsulotlar assortimentini yanada koʼpaytirish boʼyicha topshiriqlar berildi. Mahkumlar kutubxonasini koʼzdan kechirish chogʼida Bosh boshqarma boshligʼi u yerda mavjud 15 000 ga yaqin kitoblar roʼyxati bilan tanishdi xamda tarbiyaviy axamiyatga ega boʼlgan badiiy kitoblar turlarini yanada koʼpaytirish yuzasidan vazifalar qoʼydi. Shundan soʼng, Bosh boshqarma boshligʼi koloniya xududidagi davlat unitar korxonasiga tashrif buyurib, u yerda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni koʼzdan kechirdi. Mahsulotlar sifatini yaxshilash, xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish va xajmini oshirish boʼyicha aniq topshiriqlar berildi. Bundan tashqari, Bosh boshqarma boshligʼi koloniya xodimlari bilan suhbat oʼtkazib, qonuniylikka rioya qilish, xizmat intizomini buzmaslik, ish vazifasiga vijdonan yondashish, halol va pok ishalashlari yuzasidan koʼrsatma va topshiriqlar berildi.

Text to speech