7 Yanvar 2023 yil 224

IIV ishchi guruhining Muborak tumanidagi o‘rganishlari

Mamlakatmizga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan Qashqadaryo viloyatida fuqarolarning maishiy va kommunal sohadagi muammolari hamda aholining kayfiyatiga salbiy ta’sir qiluvchi va kriminogen holatlarni oldini olish maqsadida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramov boshchligidagi ishchi guruh bugun Muborak tumanida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganishlar davomida Muborak tuman “Ko‘mir ta’minot” MCHJga qarashli ko‘mir ombori ko‘zdan kechirildi. Vazir o‘rinbosarining mas’ullar bilan bo‘lgan suhbatida tuman “Ko‘mir ta’minot” MCHJga qish mavsumida 1000 tonna ko‘mir ajratilganligi, hozirgi kunda jami 700 tonna ko‘mir mahsuloti aholiga tarqatilganligi, qolgan 300 tonnasiga buyurtma berilganligi ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng Vazir o‘rinbosari A.I.Ikramov tomonidan ko‘mirni chekka hududda yashovchi aholiga maxsus transport vositalarida yetkazish lozimligi to‘g‘risida topshiriq berildi.

Muborak tuman “Yoshlik” MFYda joylashgan dehqon bozoridagi tashkil etilgan oziq-ovqat yarmarkasida mahsulotlarning sifati, narx-navo o‘rganildi. Bozorda narx-navoni bir xilligini ta’minlash, narxlarni oshib ketmasligini nazorat qilish to‘g‘risida bozor ma’muriyatiga, elektr va gaz ta’minotini doimiy ta’minlash, ehtimoliy uzilishlar to‘g‘risida fuqarolarni ogohlantirish to‘g‘risida rahbarlar oldiga aniq vazifalar qo‘yilib, ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech