IIV ishchi guruhi va viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi tashabbusi bilan ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari va shahar-tumanlarida xizmat olib borayotgan xodimlari oʼrtasida sportning “Milliy kurash” turi boʼyicha “IIB birinchiligi” final bosqichi boʼlib oʼtdi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabr kunidagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni va IIVning shunga taaluqli dasturi va Qashqadaryo viloyati IIBning taqvimiy rejasiga binoan ichki ishlar organlari xodimlari oʼrtasida sportning milliy kurash turi boʼyicha musobaqasi boʼlib oʼtdi. Unda ellikdan ortiq polvonlar oʼzaro kuch sinashdilar. Musobaqani viloyat IIB boshligʼi oʼrinbosari polkovnik X.Bozorov ochdi va musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.
Olti vazn toifasida oʼzaro bellashgan polvonlar bor mahorat va tajribalarini ishga solib gʼoliblik uchun kurashishdi. Musobaqada har bir vazn boʼyicha gilamga chiqqan polvonlar orasida yangi sportchilar kashf etildi. Аyniqsa, bunda viloyat IIB TVBSO, Qamashi, Mirishkor, Dehqonobod tumanidan yangi polvonlar davraga tushdilar.
Musobaqaning vaznlar toifasida boshqarma TVBSO xodimlari kichik serjant Sh.Maxmatmurodav (66 kg), kichik serjant F.Tilakov (73 kg.da), safdor R.Saidov (81 kg.da), kichik serjant B.Xoliyorov (90 kg.da), va katta serjant B.Toʼraev (100 kg.da) gʼolib boʼlishdi.
Turnirning mutlaq vazn toifasida (+100 kg.da) Qamashi tumani IIB HPB profilaktika inspektori katta leytenant Sh.Xurramovga teng keladigan polvon topilmadi. Keyingi oʼrinlarni esa Mirishkor tumani IIB HPB profilaktika inspektori leytenant А.Haydarov, Dehqonobod tumani IIB HPB profilaktika inspektori leytenant Sh.Qaxxorov qoʼlga kiritdi.