IIV ishchi guruhi tomonidan viloyat hududida “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor - profilaktik tadbiri boshlandi
Tadbir rejasiga koʼra IIV ishchi guruhi, viloyat IIB, Oila va mahallani qoʼllab-quvvatlash boʼlimi, Sogʼliqni saqlash boshqarmasi va uning tizimidagi Narkolgiya dispanseri, Yoshlar ittifoqi va boshqa mutasaddi idorlar vakillari jamlangan guruhlar oldiga viloyatda sodir etilgan jinoyatlar tahlil etilib, muntazam spirtli ichimlik isteʼmol qiluvchilar, ruhiy kasallar va oila turmush doirasidagi kelishmovchiliklarni oldini olish, sabab va oqibatlarini bartaraf etish vazifasi qoʼyildi. Аna shunday salbiy holatlarning oldini olish maqsadida ishchi guruh tunu-kun 2 bosqichda xizmat olib bormoqda.
Аmalga oshirilayotgan tadbirlarda xar bir xududni “xonadonbay” va “mahallabay” usulda oʼrganish, spirtli ichimlikka mukkasidan ketgan, ruhiy holatida oʼzgarish sezilgan, oilaviy muammolar girdobida qolgan shaxslarni aniqlab, tegishli davolash va ruhiy-psixologik yordamlar koʼrsatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Oʼzbekchilikda uydagi gapni tashqariga olib chiqish or sanaladi. Lekin ichki gaplar illatga aylanib, oila parokandaligiga olib kelish ehtimoli anchayin yuqori xavf emasmi?! Shu bois mahalla faollari va kayvoni insonlar har bir xonadonga kirib, undagi har qanday muammoni aniqlab, ham moddiy, ham maʼnaviy koʼmak berishi ishchi guruh oldiga qoʼyilgan dolzarb vazifa.
Аna shunda har qanday huquqbuzarliklar va jinoyatlar erta aniqlanib, oldini olish imkoni boʼladi. Illo, tadbir mohiyati ham ana shu maqsadga qaratilgan.