15 Sentyabr 2021 yil 555

IIV ishchi guruhi tomonidan fuqarolarning maishiy va kundalik muammolariga yechim topilmoqda

Yurtimizda fuqarolarning muammolariga yechim topish, ularni qiynayotgan kundalik va maishiy yumushlarni bartaraf etish, pirovardida odamlarni hayotdan rozi qilish bugungi kun rahbarlari oldiga qoʼyilgan muhim vazifalardan biri. Ushbu jarayonda fuqarolarning haq-huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlash ham diqqat-eʼtiborda. Аyniqsa, fuqarolarning ish bilan taʼminlanish, kundalik maishiy masalalar boʼyicha murojaatlarini tinglash, bu boradagi dolzarb masalalarni oʼrganish va ularni hal qilish maqsadida joriy yilning 14 ssentyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida tumanida Ichki ishlar vazirligi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, 4 ta sektor rahbarlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbar xodimlari va mutasaddi idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh sayyor ommaviy qabullar oʼtkazdi. Unda viloyatning Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi va Yakkabogʼ tumanlari va Shahrisabz shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirok etishdi.
Sayyor qabulda 240 nafar fuqarolar ishtirok etdi. Ular orasida 104 nafar fuqarolarning mahallalarni asfalьtlashtirish, gaz va ichimlik suvi muammolari, oʼzini oʼzi band qilish, tibbiyot sohasidagi muammolar, yoshlarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida oliy taʼlim muassasalarmiga toʼlov kontraktlarini toʼlab berish borasidagi murojaatlar tinglandi. Sayyor qabulda 82 ta murojaat joyida hal etildi. 15 nafar fuqarolarga muammosi boʼyicha boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etishlari yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi. 7 nafar fuqaroga murojaatlari mablagʼ va vaqt talab etashi tushuntirilib, tegishli mutasaddi idoralarga yuborildi va ijrosi nazoratga olindi.
Eʼtiborli jihati shundaki, murojaatlar orasida Kitob tuman “Toshkent” MFYda yashovchi Qodirova Аnvaroy ancha vaqtdan buyon qandli diabet kasalligi bilan ogʼrib kelishi bois shifoxonaga imtiyozli order soʼradi. Murojaat mutaxassislar ishtirokida oʼrganib chiqilib, muammo joyida hal etildi.
Chiroqchi tumanining “Choshtepa” mahallasida yashovchi, Toshkent davlat iqtisodiyot institutining 3-bosqich talabasi Bekmirzaev Shohabbos toʼlov kontraktini toʼlashga amaliy yordam soʼradi. Murojat ishchi guruh tomonidan oʼrganib chiqilib, unga toʼlov kontrakti tuman hokimligi tomonidan toʼlab beriladigan boʼldi.
Tadbirda bir guruh kasb-hunarga oʼqitilgan yoshlarga sertifikatlar va oʼzini oʼzi band qilishi uchun subsidiya asosida ish qurollari berildi.
Murojaatlari ijobiy yechim topgan fuqarolar Sayyor qabul shaffof, oshkora va ochiq, odilona oʼtkazilgani uchun muhtaram Prezidentimizga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbariyatiga oʼz minnatdorchiligini bayon etdi.
Koʼlami keng sayyor qabul yakunida fuqarolardan tushgan murojaatlar jamlanib, tahlil etildi va sektorlar rahbarlariga roʼyxatga olingan muammolarni bartaraf etish majburiyati yuklandi.
Yakunda qabulga kelgan fuqarolarga tushlik tashkil etilib, IIV Аshula va raqs ansambli xonandalari ishtirokida kontsert dasturi namoyish etildi.

Text to speech