2 Fevral 2023 yil 274

IIV ishchi guruhi targ‘iboti davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi "Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-son qarori talablari Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibiga yetkazishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda  O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Solijon Ernazarov va katta o‘qituvchi podpolkovnik Murtoza Achilovlar Qaror mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkibga batafsil tushuntirdi. Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga IIV ishchi guruhi mas’ul xodimlari tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Text to speech