18 May 2021 yil 850

Qashqadaryo viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi tashabbusi bilan “Sogʼlom hayot sari – 10 000 qadam” marafoni uyushtirildi

Qarshi shahrida ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolari ishtirokida Qashqadaryo viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi tashabbusi bilan “Sogʼlom hayot sari – 10 000 qadam” marafoni uyushtirildi.
Bugun erta tongdan Qarshi shahrini markazida oʼrnatilgan markaziy kurant soati atrofida ichki ishlar organlari xodimlari, va ularning oila aʼzolari va yoshlar jam boʼlishdi. Sogʼ tanda sogʼlom aql deganlaridek, Yurtboshimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida“gi farmoni ijrosini taʼminlash va mamlakatimizda sportni yanada keng ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan shu va boshqa musobaqalarda ichki ishlar organlari xodimlari faol qatnashdilar. Ichki ishlar organlari xodimlari oʼrtasida sportni yanada ommalashtirish, oʼzaro doʼstlik va hamjihatlik, eng muhimi, sogʼlikni mustahkamlash maqsadida oʼtkazilgan tadbir ishtirkchilarda zoʼr ishtiyoq uygʼotdi.
Ishtirokchilar Qarshi shahridagi Mustaqillik koʼchasi boʼylab 10 000 qadam yurib, malakali murabbiylar qoʼl ostida ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishdi.
Bu kabi sport tadbirlari ichki ishlar organlari xodimlarining kun davomida tetik va bardam xizmat qilishiga zamin hozirlaydi.

Text to speech