IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Qashqadaryo viloyati kengashining joriy yil sport musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha tavqimiy rejasiga asosan sportning pnevmatik quroldan “O‘q otish” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Qashqadaryo viloyati kengashining joriy yil sport musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha tavqimiy rejasiga asosan sportning pnevmatik quroldan “O‘q otish” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqada viloyat IIB, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi, Bojxona boshqarmasi, viloyat sudi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi, harbiy qismi terma jamoalari qatnashdi.
Qizg‘in va murosasiz o‘tgan musobaqaning pnevmatik to‘pponcha PP-1 dan o‘q otish bahslarida erkaklar o‘rtasida 1-o‘rinni 37837-harbiy qism harbiy xizmatchisi, mayor Laziz Xaydarov, 2-o‘rinni Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi, leytenant Jamoliddin Ergashev va 3-o‘rinni 55159-harbiy qism harbiy xizmatchisi, leytenant Abdusodiq Maxmudov qo‘lga kiritdi.
Xotin-qizlar o‘rtasida esa 55159 harbiy qism harbiy xizmatchisi, kichik serjant Nargiza Rashidova g‘olib bo‘ldi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi sudyasi Fayoza Qambarova va viloyat IIB JXX HPB VЕIHYOKM boshlig‘i, podpolkovnik Gulmira Turdiboyeva band etdi.
Shuningdek, VP-1 pnevmatik vintovkadan o‘q otish bahslarida viloyat IIB xodimi, katta serjant Sirojiddin Qo‘ldoshev 1-o‘ringa, viloyat FVB harbiy xizmatchisi, III- darajali serjant Ramish To‘xtaboyev 2-o‘ringa, 37837-harbiy qism harbiy xizmatchisi, III-darajali serjant Oybek Xaydarov 3-o‘ringa loyiq deb topildi.
Umumjamoa hisobida esa 1-o‘rinni 55159-harbiy qism, 2-o‘rinni 37837-harbiy qism, 3-o‘rinni viloyat IIB terma jamoasi vakillari qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar kengashning diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.