IIV Qashqadaryo akademik litseyida kitobxonlik haftaligi bo'lib o'tmoqda
Ichki ishlar organlarida «Vatanga va xalqga sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz» shiori ostida oʼtkazilayotgan «Maʼnaviyat» oyligida IIV Qashqadaryo akademik litseyida 2022 yil 15 aprel kuni kitob yarmarkasi tashkil qilindi.
Yarmarkada ushbu taʼlim muassasa oʼqituvchi va oʼquvchilari faol ishtirok etib, oʼzlarini qiziqtirgan badiiy adabiyotlardan xarid qilishdi.
Kelajak avlodni Ona vatanga sadoqat,qadriyatlarga cheksiz xurmat ruhida tarbiyalashda kitobning oʼrni beqiyosdir,–deydi IIV Qashqadaryo akademik litseyi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar boʼyicha oʼrinbosari, podpolkovnik Ikrom Farmonov. – Shu boisdan, kitobni xazinalar kaliti, durdonalar sandigʼi, tafakkur chirogʼi, deya taʼriflaymiz. Uni sevib mutolaa qilamiz.
“Maʼnaviyat oyligi” doirasidagi mazkur tadbir kelajagimiz egalari oʼrtasida kitobxonlikni keng targʼib qilish, ularning bilim va maʼnaviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.
Shuningdek, respublikamizda oʼtkazilayotgan Kitobxonlik haftaligi doirasida litsey oʼquvchilari Qarshi shahridagi S.Nasafiy nomidagi viloyat axborot kutubxona markazida boʼlishdi. Tadbirda yoshlar oʼrtasida kitob mutolaasini keng targʼib qilish, yoshlarda kitob oʼqishga boʼlgan mehrini oshirish maqsadida kutubxona mutaxassisislari tomonidan tegishli tavsiya va takliflar berildi. Tadbirda akademik litsey oʼquvchilari ham kitobga boʼlgan mehrlarini oʼz sheʼrlari va chiqishlari orqali namoyon qilishdi.
Oʼquvchilar kutubxonadagi nodir asarlar, kamyob qoʼlyozmalar va yangi adabiyotlar bilan tanishishdi. Ushbu tashrif oʼquvchilarda ulkan taassurotlar qoldirdi va bundan keyin doimiy ravishda ikki tomon oʼrtasida shu kabi tadbirlarni oʼtkazish kelishib olindi.