8 Dekabr 2021 yil 500

IIV АKАDEMIYАSI BOSНLIGʼI QАRSНI ShАHRIDАGI MАHАLLАRDА OʼRGАNISН ISНLАRINI OLIB BORDI



Ichki ishlar vazirligi Аkademiyasi boshligʼi polkovnik Rustam Xatamov Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Qarshi shahridagi 2-sektorga qarashli Gʼafur Gʼulom nomli mahalla fuqarolar yigʼinida boʼldi.
Polkovnik Rustam Xatamov hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan fuqaro va mahalla faollari, oqsoqollari va faxriylari bilan uchrashib, huquqbuzarliklar va jinoyatlarning erta aniqlab oldini olish, kriminogen vaziyat koʼrsatkichi boʼyicha “qizil” hududga kiritilgan mahallani “yashil” hududga aylantirish, buning uchun sektor rahbarlaridan tortib profilaktika inspektorlari va mahalla mutasaddilarining masʼuliyatini oshirish lozimligi qayd etdi. Hududda “mahallabay”, “fuqarobay” usulida ishlarni tashkil etishda ahamiyat qaratish lozim boʼlgan jihatlarga faollar eʼtiborini qaratdi. Mahallada faoliyat koʼrsatayotgan profilaktika inspektori tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish va roʼy berganlarini fosh etish borasida amalga oshirib kelinayotgan ishlarni tahlil etdi. Jinoyatlarni jilovlashning sodda va samarali tizimini joriy etish borasida oʼz takliflarini berdi. Shu bilan birga “Temir daftar”, “Аyollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ish va bandligini taʼminlash, ijtimoiy va iqtisodiy qoʼllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish va samaradorligin oshirish boʼyicha tegishli tavsiyalar berdi.
3-sektor otaligʼiga olingan Qarshi shahridagi 44-maktabda boʼlgan IIV Аkademiyasi boshligʼi polkovnik Rustam Xatamov taʼlim muassasasida oʼquvchilarga yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar, ayniqsa, maktabda tashkil etilgan yoʼl harakati xavfsizligi sinfi va undagi koʼrgazmali jihozlarni koʼzdan kechirib, oʼquvchilarga yoʼl harakati qoidalari boʼyicha berilayotgan dars va amaliy mashgʼulotlarga yuqori baho berdi. Tashrif doirasida maktab oʼquvchilari bilan savol-javob qilgan polkovnik Rustam Xatamov dars mashgʼulotlari va fan sirlarini puxta oʼzlashtirgan oʼquvchilarga kitoblar sovgʼa qildi.
Аyniqsa, shaharning 3-sektoriga Qarshli “Otchopar” mahalla fuqarolar yigʼiniga kirish joyida joylashgan boshqarma patrul post xizmatining tungi vaqtda xizmat koʼrsatuvchi 102 xizmatining huquqbuzarliklar va jinoyatlarni aniqlashga moslashtirilgan videokuzatuv maskanida boʼlgan polkovnik Rustam Xatamov qonunbuzarliklarni jilovlash borasidagi imkoniyatlari bilan tanishdi. Oʼrnatilgan videokameralar ogohlantiruvchi SOS signallariga qarab oʼz muvozanatini 360 gradusgacha aylanib, bir yarim kilometrgacha boʼlgan uzoklikdagi jarayonlarni toʼliq va tiniq tasvirga olib, xotirasiga joylashini eʼtirof etib oʼtdi.
Qarshi shahridagi Xontepa mahallasida joylashgan 1-sonli huquq-tartibot maskanida boʼlgan mehmon fuqarolar xavfsizligi va osoyishtaligi, mahallada jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasida yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan unumli foydalanish borasida tegishli yoʼriqnoma berdi.
Tashrifning soʼnggi kuni viloyat IIBda oʼrganishlar natijasiga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Uni viloyat IIB boshligʼi Sh.Satvoldiev ochdi va boshqarib bordi. Yigʼilishda IIV Аkademiyasi boshligʼi polkovnik R. Xatamov soʼzga chiqib, vohada huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim boʼlgan jihatlarga toʼxtaldi. Soʼngra, Qarshi shahar Gʼafur Gʼulom nomli mahallasida amalga oshirilgan oʼrganishlar hosilasi sifatida tayyorlangan “Huquqbuzarliklar profilatikasi va jinoyatchilikni jilovlash boʼyicha “fuqarobay” ishlash metodikasi” qoʼllanmasining taqdimoti boʼlib oʼtdi.

Text to speech