12 Sentyabr 2024 yil 374

IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, magistraturasi va kunduzgi ta’lim tinglovchilari bilan onlayn tarzda mahorat darslari o‘tildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 25 avgustdagi “Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlarining Akademiyada malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashdagi faoliyatini tizimli tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga muvofiq, IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, magistraturasi va kunduzgi ta’lim tinglovchilari bilan onlayn tarzda master-klass o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Master – klass o‘quv mashg‘ulotida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlarining “Navbatchilik qismiga kelib tushgan barcha turdagi jinoyat va xabarlarning ro‘yxatga olinishi, ular asosida hodisa sodir bo‘lgan joyga chiqish hamda tergov-tezkor guruhining sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish borasidagi faoliyatining xususiyatlari”, “Ichki ishlar organlari xodimlarining ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan ishlash faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari”, “Tergov xodimlari tomonidan jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquq va erkinliklarini ta’minlashda yo‘l qo‘yilayotgan xatolar hamda ularning dalillar maqbulligida tutgan o‘rni” mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.

Ochiq va o‘zaro muloqot ruhida o‘tgan master-klass o‘quv mashg‘ulotida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Text to speech