11 Dekabr 2024 yil 907

IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, magistraturasi va kunduzgi ta’lim tinglovchilari bilan onlayn tarzda master-klass o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021-yil 25-avgust kunidagi "Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlarining Akademiyada malakali mutaxasis kadrlarni tayyorlashdagi faoliyatini tizimli tashkil etish to‘g‘risida"gi buyrug‘i hamda 2023-yil 22-avgust kunidagi ko‘rsatmasi talablariga asosan, joriy yilning 10 dekabr kuni IIV Akademiyasining professor-o‘qituvchilari, kursant-tinglovchilari ishtirokida onlayn master-klass mashg‘uloti o‘tkazildi.

Master-klass mashg‘ulotida Qashqadaryo viloyati IIB JXX HPB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Zamira Rustamova “Himoya orderi” nima, kim tomonidan beriladi, kimlarga qancha muddatga beriladi, huquqbuzarga nisbatan qo‘yilgan cheklovlar, cheklov qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik”, Tashkiliy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, kapitan Farrux Xoliqov “Hududning kriminogen vaziyatini baholashda axborot-tahliliy ma’lumotlardan foydalanish”, Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Yashin Xudoyberdiyev “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni oldini olishda tergovga qadar tekshiruvni (surishtiruvni) amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar va takliflar”  mavzularida ma’ruzalar qilishdi.

Mashg‘ulotda mavzular doirasida tinglovchilarning savollariga javoblar qaytarildi.

 

Text to speech