IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, magistraturasi va kunduzgi ta’lim tinglovchilari bilan onlayn tarzda master-klass o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional
kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning
2021 yil 25 avgustdagi “Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlarining
Akademiyada malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashdagi faoliyatini tizimli
tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga muvofiq, IIV Akademiyasi
professor-o‘qituvchilari, magistraturasi va kunduzgi ta’lim tinglovchilari
bilan onlayn tarzda master-klass o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Master – klass o‘quv
mashg‘ulotida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi mas’ul
xodimlarining “Mahalla yettiligi”, uning vazifalari, ular tomonidan
huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olishda amalga oshirilayotgan
profilaktik chora-tadbirlar”,
“Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda
muomala qilishdan iborat jinoyatlarni fosh etishda sohaviy xizmatlarning o‘zaro
hamkorligi hamda unda yuzaga kelayotgan muammolar”, “Axborot texnologiyalari va
internet tarmog‘idan foydalanib, sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishda
tergovchining boshqa sohaviy xizmatlar bilan hamkorligi hamda ushbu sohada
uchrayotgan muammolar yechimi”
mavzularidagi ma’ruzalari tinglandi.
Ochiq va o‘zaro muloqot ruhida
o‘tgan master-klass o‘quv mashg‘ulotida ishtirokchilarni qiziqtirgan
savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.