20 Yanvar 2025 yil 816

IIV Akademiyasi mas’ullari Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida IIV Akademiyasi kadrlar bo‘limi katta inspektori, kapitan Ibrohim Abdullayev va inspektor, katta leytenant  Jahongir Qamariddinovlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda harbiy-akademik litseyning HAL II bosqich o‘quvchilariga IIV Akademiyasi mas’ul xodimlari tomonidan oliy ta’lim muassasasiga qabul jarayonlari va kursantlarga yaratilgan shart-sharoitlar, o‘qishga kirish uchun ajratilgan kvotalar, tayyorlov yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuvda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining bugungi kundagi faoliyati haqida tayyorlangan videorolik o‘quvchilarga namoyish etildi.

Yakunda  harbiy-akademik litseyning bitiruvchi kurs o‘quvchilari tomonidan IIV Akademiyasiga kirish jarayoniga oid berilgan barcha savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.

Text to speech