28 Fevral 2024 yil 268

IIV Qashqadaryo akademik litseyida "Tillar festivali" bo‘lib o‘tdi

IIV Qashqadaryo akademik litseyida 2024-yilning 24-fevral kuni o‘quvchilar orasida chet tillarini o‘rganishni ommalashtirish maqsadida "Tillar festivali" bo‘lib o‘tdi. Tadbirni direktorning ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik I.Farmonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Festival she’r, sahna ko‘rinishlari va musiqalar bilan barchaga birdek manzur bo‘ldi. Tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech