23 Aprel 2024 yil 278

IIV Qashqadaryo akademik litseyi o‘quvchilari Turon universitetiga tashrif buyurdilar

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi farmoyishiga asosan Ichki ishlar organlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, faol kitobxonlar safini kengaytirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida IIV Qashqadaryo akademik litseyi o‘quvchilari Qarshi shahrida joylashgan Turon universitetiga tashrif buyurdilar. O‘quvchilar universitetda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza va axborot resurs markazi hamda elektron kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Universitet professor o‘qituvchilari tomonidan akademik litsey o‘quvchilariga mahorat darslari o‘tildi va universitet tashkil qilinishiga oid slayd namoyish qilindi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan javob oldilar. Kelgusida xuddi shunday tadbirlar yanada ko‘proq tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

Text to speech