17 Dekabr 2024 yil 650

IIV Qashqadaryo akademik litseyida “Turkistondagi jadidchilik va istiqlolchilik harakatlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Muhtaram prezidentimiz SH.Mirziyoyev aytganlaridek: “Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur”,

Ushbu uchrashuvda “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi” tarix instituti bosh ilmiy xodimi, tarix fanlar doktori, professor Rajabov Qahramon Kenjayevich va Turon universiteti profesor vazifasini bajaruchisi, tarix fanlari nomzodi dotsent Pardayev Asror Abdujabborivich, litsey rahbariyati, o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan professor Rajabov Qahramon Kenjayevich Turkistondagi jadidchilik harakatlari namoyondalari haqida ularning vatanparvarliklari milliy g‘urur milliy qadiryatlarimizni matonat bilan himoya qilganliklari haqida so‘zlab berildi.

Таdbir yakunida professor Q.Rajabov o‘zi tomonidan chop etilgan “O`zbekiston XX asrda”, “O`zbekiston tarixi”, “Turkiston qo`rboshilari”, “Turkiston muxtoriyati tarixi” nomli kitoblarini litsey kutubxonasiga taqdim qildi.

Tadbir so‘ngida litsey o‘quvchilari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Uchrashuv o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Text to speech