IIV Qashqadaryo akademik litseyida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, viloyat IIB MMI va KBTX mas’ul xodimlari va o‘quvchilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi,
kadrlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Faxriddin Andamurotov so‘zga
chiqib, joriy yilda akademik litseyni tamomlayotgan o‘quvchilarga Akademiyaga
hujjatlarini rasmiylashtirish, ajratilgan qabul kvotalari, yo‘nalishlari,
imtiyozlari va Akademiyada o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida
ma’lumot berdi.
IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi
Qashqadaryo viloyat boshqarmasi ma’sul xodimi, mayor Ulug‘bek Ergashev, viloyat
IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Ixtiyor Xudoyqulov ham
so‘zga chiqib, vazirlik Akademiyasiga hujjat topshirishda o‘z bilimiga
ishonishi, tanish-bilishchilikka ishonib,
turli firibgar shaxslarning aldovlariga to‘riga tushib qolmaslik
borasida litsey o‘quvchilariga tegishli tushuntirishlar berishdi.
Yakunda litsey o‘quvchilarini qiziqtirgan
savollariga ma’sul xodimlar tomonidan javoblar berildi.