IIV Qashqadaryo akademik litseyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
25-oktyabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosbati
bilan IIV Qashqadaryo akademik litseyi saf maydonida Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan “Vatan
osoyishtaligi yo‘lida 32 yil” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni litsey direktori K.Nazarov kirish so‘zi bilan
ochib, barchani Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb bayrami bilan tabrikladi.
Shundan so‘ng, litsey o‘quvchilari tomonidan ichki ishlar
organlari xodimlari faoliyatini madh etuvchi she’rlar va qo‘shiqlar ijro etildi
hamda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish etildi.
Yig‘ilishda sohada uzoq yillar faoliyat olib borgan faxriylar
litsey rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Koson tumani harbiy maktabining “Turon arslonlari” jamoasining
tayyorlagan faxriy qorovul ko‘rgazmali chiqishlari, hamda litsey o‘quvchilarining
safda marsh yurishlari ishtirokchilarga xushkayfiyat ulashdi.