13 Avgust 2022 yil 276

IIO xodimlari uchun “Kitoblar yarmarkasi” tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Vatanaparvarlik oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan ichki ishlar organlarida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari bilan  xalqimiz ozodligi va mustaqilligi yo‘lida kurashgan buyuk siymolar haqida tadbirlar, qatag‘on qurbonlari muzeyi, vohadagi qadimiy va tarixiy obidalar tarixi bilan yaqindan tanishtirish, Ma’naviyat marshruti doirasida teatr va istirohat bog‘lariga sayohatlar uyushtirilmoqda. Jumladan yaqinda boshqarma tarkibiy bo‘limlar va sohaviy xizmatlari, shahar-tuman IIblari xodimlari uchun “Kitoblar yarmarkasi” tashkil etildi.

Yarmarkada ichki ishlar organlari xodimlari bir qator badiiy kitoblarni xarid qilishdi.

Ko‘lami keng tadbir davom ettirilmoqda.

Text to speech