11 Dekabr 2024 yil 827

IIB boshlig’i Pomuqda jinoyatchilikni jilovlash va sodir etilgan huquqbuzarliklar muhokamasi yuzasida aholi bilan uchrashdi

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikni mahallabay jilovlash dasturlarining ijrosi hamda jinoyatlarning oldini olish borasida Pomuq shaharchasi “Gulobod” mahallasida aholi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Dastlab, tuman IIB – 3-sektor rahbari G’ayrat Xaydarov huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikni jilovlash masalasi ham davlat siyosati darajasida ekanligini qayd etib, hududda jinoyatchilikka qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birga mahalliy hokimlik va boshqa mutasaddi idoralar zimmasiga muhim vazifalar yuklangani, bunda jamoatchilik ko’magi ham muhim ekanligini ta’kidladi.

“O’tkazilayotgan profilaktika ishlariga qaramay hududda huquqbuzarliklar uchrayotgani afsuslanarli”, degan sektor rahbari. Bunga misol qilib, joriy yilning 24-noyabr kuni “Do’stlik” mahallasida yashovchi 25 yoshli fuqaro ma’lum bir masalada “Gulobod” mahallasida yashovchi 27 yoshli fuqaro bilan janjal qilib, mushti orqali bergan zarbasi natijasida uning jag’ suyagi sinishiga olib kelib, mazkur ish yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgani ma’lum qilingan. Tadbir yakunida fuqarolar tomonidan jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, ezgu va bunyodkorlik tashabbuslari chiqishini, shunday ishlar amalga oshirilishini ta’minlash uchun barcha birdek harakatda bo‘lishi lozimligi ta’kidlangan.

Text to speech