2 Dekabr 2021 yil
489
Qidiruvdagi shaxs uzoqqa bormadi
Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlari va 209-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgani uchun Yakkabogʼ tumani IIB tomonidan qidiruvda boʼlgan, Qarshi shahar “Beglar” MFYda yashovchi Y.R qonundan qochib qutulmoqchi boʼldi. Аmmo uning “qochish rejasi” uzoqqa bormadi. Qashqadaryo viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Y.R Qarshi shahri hududidan ushlandi. Endi u bir emas ikkita holat boʼyicha javob berishiga toʼgʼri keladi.