30 Oktyabr 2021 yil
506
Qidiruvda bo'lgan shaxs Qarshi shahrida ushlandi
Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgani uchun Koson tumani IIB tomonidan qidiruvda boʼlgan, Koson tumani “Nartibaland” MFYda yashovchi D.D qonundan qochib qutulmoqchi boʼldi. Аmmo uning “qochish rejasi” uzoqqa bormadi.
Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida D.D Qarshi shahar hududidan ushlandi.
Endi u bir yemas ikkita holat boʼyicha javob berishiga toʼgʼri keladi.