13 Yanvar 2022 yil
512
Yoshlar va fuqarolar bilan sayyor qabul oʼtkazildi
Аvval xabar berganimizdek, Muborak tumani IIBda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari polkovnik Jasurbek Аtaev tumanda yashovchi yoshlar va fuqarolar bilan sayyor qabul oʼtkazdi. Unda 30 nafar yoshlar va fuqarolarning ish oʼrni va bandligini taʼminlash, kundalik turmushda uchrayotgan maishiy va boshqa muammolari boʼyicha 12 ta murojaati tinglandi.
Sayyor qabulda murojaatlarning 4 tasi ijobiy hal etildi. Mablagʼ va vaqt talab etadigan 8 murojaat esa nazoratga olinib, masʼullarga ijro uchun yuborildi.
Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan ikki nafar fuqarolarga ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi.