29 Noyabr 2021 yil 458

ID-kartalar mobil planshetlar yordamida rasmiylashtirilmoqda


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoniga asosan IIV M va FRBB tashabbusi bilan aholiga identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirishda xizmat koʼrsatishning sifatini yaxshilash maqsadida Mobil planshetlardan foydalanish tizimi joriy etildi. Bu borada Muborak tumani IIB M va FRG tomonidan ham qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, tuman hududida istiqomat qilayotgan boʼlim M va FRGga kelish uchun jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar (nogironlar, sogʼligini yoʼqotgan otaxon va onaxonlar) ning yashash manzillariga borib Mobil planshetlar yordamida ID-kartasini rasmiylashtirib berilmoqda. Bunday imkoniyatdan Muborak tumanida istiqomat qiluvchi 1954 yilda tugʼilgan Zaysev Аleksandr Pavlovich ham bahramand boʼldi. Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining ID-kartasini yashash manziliga olgan А. Zaysev muhtaram Prezidentimiz va ichki ishlar organlari xodimlariga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Text to speech