Ichkilik oqibatida
2021 yil 25 avgust kuni soat 08:30 larda Chiroqchi tuman IIB navbatchilik qismiga tumanning “Taragʼay” MFYda yashovchi А.B.ning yashash uyida vafot etgani haqidagi kelib tushgan xabar tegishli tartibda qayd etilib, voqea joyiga tergov-tezkor guruhi chiqqan.
Аniqlanishicha, joriy yilning 24 avgustidan 25 avgust kuniga oʼtar kechasi soat taxminan 00:00 larda Chiroqchi tumani, “Taragʼay” MFYda yashovchi А.B spirtli ichimlik isteʼmol qilib, yashash uyiga kelib, uyda mast holda boʼlgan oʼgʼli А.B. oʼzaro ogʼzaki tortishib, janjallashib qolgan. Janjal vaqtida А.B oʼgʼli А.B.ni temir boʼlagi bilan bir necha marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan. Ogʼir tan jarohatlari olgan oʼgʼil А.B. 25 avgust kuni soat 03:00 larda yashash uyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 25.08.2021 yilda Chiroqchi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan А.B.ga nisbatan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi boʼyicha fuqaro А.B. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.