Ichki ishlar organlariga qabul qilish uchun tanlov
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi “Patrul-post xizmatidagi safdorlik” lavozimlariga nomzodlar qabul qilinishi bo‘yicha tanlov o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Nomzodlarni ro‘yxatga olish 2022 yil 14-sentabr kunidan 15-sentabr kuniga qadar soat 09:00 dan 17:00 ga qadar o‘tkaziladi.
18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmagan, Idoraviy akademik hamda harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari, profilaktika inspektorining yordamchilari, shuningdek, oliy ma’lumotga ega yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan fuqarolar tanlovlar asosida qabul qilinadi.
Tanlovlarga Qashqadaryo viloyatida doimiy ro‘yxat (propiska)da turuvchi, muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan, bo‘yi 175 sm.dan past bo‘lmagan (erkak) fuqarolar murojaat qilishlari mumkin.
Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar Qarshi shahar IIBga shaxslarini tasdiqlovchi:
- fuqarolik pasporti yoki ID-karta (asl nusxasi);
- ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha tahsil olayotgan ma’lumotnomasi (asl nusxasi va ilovasi);
- harbiy guvohnoma (asl nusxasi);
- doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sog‘ligining holati haqida ma’lumotnoma (bo‘y parametri ko‘rsatilgan holda) bilan kelishlari so‘raladi.
Qabul shartlari bo‘yicha ma’lumotlarni viloyat IIBning “Qashqadaryo viloyati IIB” (https://t.me/kashuvd) telegramm kanalidan olishingiz mumkin.
Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Alisher Navoiy ko‘chasi 6-uy.
Ma’lumot uchun telefon: (75) 221-43-31, 224-43-47