17 May 2022 yil 3665

ICHKI ISHLАR ORGАNLАRIGА QАBUL QILISH UCHUN TАNLOV

IChKI IShLАR ORGАNLАRIGА QАBUL QILISh UChUN TАNLOVIChKI IShLАR ORGАNLАRIGА QАBUL QILISh UChUN TАNLOV

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi “profilaktika inspektori” lavozimlariga nomzodlar qabul qilinishi boʼyicha tanlov oʼtkazilishini maʼlum qiladi.

Tanlov 2022 yil 16-26 may kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar oʼtkaziladi.

18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta boʼlmagan, Respublika oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan fuqarolar tanlovlar asosida qabul qilinadi.

Tanlovlarga Qashqadaryo viloyatida doimiy roʼyxat (propiska)da turuvchi, muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʼtashi yoxud oliy oʼquv yurtlarida harbiy tayyorgarlik oʼtagan, boʼyi 165 sm.dan past boʼlmagan (erkak) fuqarolar murojaat qilishlari mumkin.

Ichki ishlar organlariga kirish istagida boʼlgan nomzodlar Qarshi shahar ichki ishlar boshqarmasiga shaxslarini tasdiqlovchi:


- fuqarolik pasporti yoki ID-karta (asl nusxasi);

- oliy maʼlumoti toʼgʼrisidagi diplom (asl nusxasi va ilovasi);

- harbiy guvohnoma (asl nusxasi);

- doimiy yashash joyi boʼyicha roʼyxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sogʼligining holati haqida maʼlumotnoma bilan kelishlari soʼraladi.


Qabul va tanlov shartlari boʼyicha toʼliq maʼlumotlarni viloyat IIBning “Qashqadaryo viloyati IIB” (https://t.me/kashuvd) telegram kanalidan olishingiz mumkin. 


Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Аlisher Navoiy koʼchasi 6-uy. 

Maʼlumot uchun telefon: (75) 221-43-31,  (75) 224-43-27


QАSHQАDАRYO VILOYATI IIB MА'NАVIY-MА'RIFIY ISHLАR VА KАDRLАR BILАN TА'MINLАSH XIZMАTI

Text to speech