Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish kontseptsiyasi
Viloyat IIBda ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz!” gʼoyasi asosida xizmatni oʼtash va tashkillashtirish borasida amalga oshirilishi lozim boʼlgan tadbirlar ijrosiga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda boshqarmaning sohaviy xizmatlari va shahar-tuman IIBlari boshliqlarining tarbiyaviy ishlar boʼyicha oʼrinbosarlari ishtirok etishdi.
Tadbirda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan ishlash sohasining ustuvor yoʼnalishi sifatida belgilangani, xodimlarda mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish kabi oliy masʼuliyat tuygʼusini shakllantirish maqsadida har bir hududiy ichki ishlar organlarida “vatanparvarlik burchagi” tashkil etilishi xususida soʼz yuritildi. Bu borada kerakli tavsiya va takliflar berildi.
Yakunda viloyat IIBda tashkil etilgan “Vatanparvarlik burchagi” namoyishi va koʼrgazmasi boʼlib oʼtdi.