14 Avgust 2021 yil 624

“Ichki ishlar organlarida kitobxonlik madaniyati”

Qarshi shahar IIBda ochiq osmon ostida viloyat IIB shaxsiy tarkibi va sohaviy xizmatlari xodimlari bilan “Ichki ishlar organlarida kitobxonlik madaniyati” mavzusida “Maʼrifat darsi” boʼlib oʼtdi.
Mavzu doirasida tadbirda soʼz olgan Qarshi davlat universiteti oʼqituvchisi Nilufar Choʼlieva maʼruza qilib, kitob - cheksiz ummon ekanligini, uni mutolasi esa insonni ana shu ummondan bahra olishga imkoniyatdir, - dedi.
Maʼnaviyat va maʼrifatga kitob mutolasisiz erishib boʼlmaganidek, ichki ishlar organlari tizimida ham yuksak maʼnaviyatli va salohiyatli xodimlarni tarbiyalashda kitobxonlikning ahamiyati kattadir.
Tadbirda IIV Аkademiyasi kafedra boshligʼi polkovnik Sirojiddin Berdiqulov mamlakatimizda boʼlib oʼtadigan muhim siyosiy jarayon Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik va unda ichki ishlar ichki ishlar organlari xodimlarining jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasidagi vazifalari xususida maʼruza qildi.

Text to speech