1 May 2023 yil 113

Ichki ishlar organlari xodimlari “Qatag‘on qurbonlari” muzeyida

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy bo‘limlar va sohaviy xizmatlar hamda shahar-tuman IIB xodimlari Qarshi shahridagi “Qatag‘on qurbonlari” muzeyiga sayohat uyushtirishdi. “Ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” doirasida sayohatchilar xalqimiz ozodligi, mamlakatimiz mustaqilligi yo‘lida, milliy qadriyatlar va an’analarni abadiylashtirish yo‘lida fidokorlik ko‘rsatgan vatandoshlarimiz hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 

Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlovchi tadbir davomida ichki ishlar organlari xodimlari muzeyga qo‘yilgan tarixiy ahamiyatga ega eksponatlar haqida ma’lumotlarga ham ega bo‘lishdi. Ayniqsa, ajdodlarimiz hayotiga oid kitob va boshqa yodgorliklar sayohatchilarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Text to speech