Ichki ishlar organlari xodimlari oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish maqsadida “Sogʼlom hayot sari – 10 000 qadam” shiori ostida marafon bo'lib oʼtdi
Qarshi shahar Mustaqillik koʼchasida bugun erta tongdan ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolari va yoshlar jam boʼlishdi. Sogʼ tanda, sogʼlom aql deganlaridek, Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kasbiy tayyorgarlik boʼlimi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish maqsadida “Sogʼlom hayot sari – 10 000 qadam” shiori ostida marafon oʼtdi.
-Yurtboshimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida“gi Farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi IIV ning 2021 yil 18 sentyabrь kunidagi 199-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash va mamlakatimizda sportni yanada keng ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan shu va boshqa musobaqalarda ichki ishlar organlari xodimlari faol qatnashmoqda. Ichki ishlar organlari xodimlari oʼrtasida sportni yanada ommalashtirish, oʼzaro hamjihatlik va eng muhimi, sogʼlikni mustahkamlash maqsadida oʼtkazilgan tadbir ishtirkchilarda zoʼr ishtiyoq uygʼotdi.
Ishtirokchilar Qarshi shahridagi Mustaqillik koʼchasi boʼylab 10 000 qadam yurib, “Nasaf” oʼyingohida malakali murabbiylar qoʼl ostida ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishdi.