24 Oktyabr 2021 yil 587

Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash toʼgʼrisida

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi koʼp yillik samarali mehnati, yurtimizda jamoat xavfsizligi, xalqimiz osoyishtaligini taʼminlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qoʼshgan munosib hissasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʼlidagi ibratli faoliyati, sharafli burchini bajarishda mardlik va jasorat namunasini koʼrsatgani, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oʼttiz yilligi munosabati bilan quyidagilar mukofotlansin:

 

II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan
Islamxodjaev Xondamir Аzatovich - Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshqarma boshligʼi

 

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Turakulov Аkmal Musurmonovich - Qashqadaryo viloyati Kitob tumani ichki ishlar boʼlimi profilaktika katta inspektori

 

«Shuhrat» medali bilan
Eshonov Xoshim Nortojievich - Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrulь-post xizmati batalьoni safdor xodimi

Text to speech