Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tashabbusi bilan boshqarma Faxriylar kengashi aʼzolari va yosh xodimlar hamda Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyi oʼquvchilari ishtirokida uch avlod uchrashuvi boʼlib oʼtdi
Qashqadaryo viloyat Yozuvchilar uyushmasi binosida Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tashabbusi bilan boshqarma Faxriylar kengashi aʼzolari va yosh xodimlar hamda Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyi oʼquvchilari ishtirokida uch avlod uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Yigʼilishni boshqarma Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik Shermuhammad Muslimov ochib, ichki ishlar idoralari tizimida uzoq yillar xizmat qilgan faxriylar tajribasi va malakasi yosh xodimlar uchun maktab ekanligini taʼkidladi. Shu bois sohada tizimda samarali mehnat qilib, bugungi kunda faxriylik gashtini surayotgan otaxonlarning aksariyati oʼyda oʼtirishni ep bilmasdan ustoz-shogird anʼanasiga sodiq qolgan holda soha vakillaridan oʼz maslahatlarini ayashmayapti.
Tadbirda boshqarma Faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi polkovnik Sodiq Islomov “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash va ularga davlatimiz tomonidan koʼrsatilayotgan gʼamxoʼrliklar toʼgʼrisida oʼz fikr-mulohazalarini bildirdi. Jumladan, har yili oʼtkaziladigan bu kabi “Uch avlod uchrashuvi”lari xodimlarning kasb mahorati va tajribasini oshirishasqotishi tayin.
Oʼz navbatida yoshlar davlatimiz yaratib berayotgan shart-sharoitlar, gʼamxoʼrliklarga javoban Vatan xizmatiga kamarbasta boʼlib, Yurtga, Prezidentga sodiq qolgan holda xizmat qilishga, bunda faxriylarning xizmat va hayot yoʼli maslahatlariga tayangan holda puxta bilim olib, har tomonlama yetuk kadrlar boʼlib yetishishini bildirishdi.