Ichki ishlar boshqarmasi otalig‘iga olingan Qarshi shahridagi ko‘rish bo‘yicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 18-son maktab internati faoliyati sektor rahbarlar tomonidan joyiga borib o‘rganildi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasining topshirigʼiga asosan Qarshi shahridagi 18-sonli Imkoniyati cheklangan bolalar uchun Ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasani Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi oʼz otaligʼiga oldi. Joriy yilning 19 yanvarʼ kuni Viloyat IIB boshligʼi boshchiligida mutasaddi idora va tashkilot rahbarlaridan tuzilgan ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasasidagi muommolar tanqidiy oʼrganildi. Oʼquv muassasa 2015 yilda tashkil topgan boʼlib, 180 oʼringa moʼljallangan. Bugungi kunga kelib mazkur mussasada oʼquvchilar soning ortib borayotganligi sababli, qoʼshimcha binoga ham extiyoj mavjudligidan kelib chiqib, davlat standartlariga mos, zamonaviy talablarga javob beradigan yangi oʼquv bino qurilishi rejalashtirilib, mavjud binolarni kapital taʼmirlash boʼyicha aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek maktab internatining moddiy texnik bazasini yaxshilash oʼquvchilarga zamonaviy dars amaliyotlarini oʼtish va qulay shart-sharoitlar yaratish borasida manzilli yoʼl xaritasi tuzilib ijrosi shaxsan Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi tomonidan nazoratga olindi. Shuni alohida taʼkidlash joizki, muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan maxsus taʼlim va tarbiya maskanlari davlatimizning huquq-tartibot idoralari tasarrufi olinib, doimiy eʼtiborda boʼlishi taʼminlanmoqda. Bu albatta doimiy eʼtibor va gʼamxoʼrlikdagi kelajagimiz egalarining ona Vatanga muhabbat ruhida kamol topishlariga xizmat qiladi.