30 Yanvar 2025 yil 414

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Baxodir Mirzaraximov Koson tumanida kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, yurtboshimiz qarorining mazmun-mohiyatini mas’ullar va mahalla yettiligiga tushuntirish va xavfsiz muhit yaratish borasida o‘rganishlar olib bordi.

Vazir o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Koson tumanining “qizil” toifadagi Lolazor mahallasida tuman sektor rahbarlari, Ichki ishlar bo‘limi xodimlari, shuningdek, mahalla yettiligi va boshqa aloqador tashkilotlar vakillariga Prezident qarorining mazmun-mohiyatini yetkazib, kriminogen vaziyatni jilovlash, huquqbuzarliklarni oldini olish borasida suhbat o‘tkazdi.

Qarorda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tumandagi kriminogen vaziyati og‘ir mahallada “Namunali xavfsiz ko‘cha” va “Namunali xavfsiz yo‘lak”larni tashkil qilish, videokameralar o‘rnatish hamda vaziyatni nazorat qilish uchun profilaktika inspektori va Ichki ishlar boshqarmasi “Vaziyatlar markazi”ga integratsiya qilish choralarini ko‘rish topshig‘i berildi.

Jarayonda ishchi guruh mahallada yettilikka yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlarni ko‘zdan kechirib, yanada samarali xizmat qilishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi.

Vazir o‘rinbosarining o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech