Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov boshchiligidagi ishchi guruh jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Qashqadaryo viloyatining shahar va tumanlarida o‘rganishlar olib bordi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari,
polkovnik Ramazon Ashropov boshchiligidagi ishchi guruh jinoyatchilikni barvaqt
oldini olish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy
muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda
mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish
maqsadida Qashqadaryo viloyatining shahar va tumanlarida o‘rganishlar olib
bordi.
Vazir o‘rinbosari, o‘rganishlar
bo‘yicha viloyat IIB boshlig‘i, o‘rinbosarlar, sohaviy xizmatlar
rahbarlari, shahar-tuman IIB boshliqlari va o‘rinbosarlari ishtirokida
yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda Davlat rahbarining
2025 yil 3 yanvar kunidagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni
yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini
yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligining 2025 yil 11 mart
kunidagi “Jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa ma’lumotlarni qabul qilish,
ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hal qilinishida protsessual qonunchilik talablariga
rioya etilishini ta’minlash yuzasidan” Qo‘shma ko‘rsatmasi ijrosi bo‘yicha
ishlab chiqilgan reja va unda biriktirilgan rahbarlar zimmasidagi mas’uliyatni
bajarilish jarayoni, ko‘rsatilgan vazifalarni amaliyotga joriy etishning
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha mahallalarda “xavfsiz ko‘cha”, “xavfsiz
yo‘lak”lar yaratish, mahallalarning kriminogen vaziyati og‘ir hududlarida
yoritish va kameralashtirish ishlarini tahlil etdi.
Bunda avvalo, mahallalarda
fuqarolar va xotin-qizlarning turmush tarzi, xulq-atvori, oilaviy sharoiti,
qobiliyati va kasbiy layoqatini o‘rgangan holda ularni tadbirkorlik,
kasanachilik va hunarmandchilikka jalb qilish, zarur hollarda
ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish
natijasida xotin qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt
profilaktikasini ta’minlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Jarayonda xotin-qizlar o‘rtasida
qonunbuzarliklarni oldini olish, sodir etilganlarni fosh etish, ularni tazyiq
va zo‘ravonlikdan himoya qilish, huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida
joylarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etilib, tazyiq va
zo‘ravonlikdan himoyalash chora-tadbirlarini kuchaytirish borasida
mas’ullarning zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi. Faoliyat davomida yo‘l
qo‘yilgan kamchiliklar oshkora tanqid etilib, bartaraf etish yuzasidan
mas’ullarga topshiriqlar berilib,ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, joriy yilning mart
oyida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlarining ish
faoliyatini kompleks tekshiruv natijasida aniqlangan xato va kamchiliklarni
bartaraf etilganligi holati o‘rganilib, viloyat IIB soha xizmat rahbarlari va
shahar-tuman IIB boshliqlariga kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
ishlar yuzasidan topshiriqlar berildi.