30 Yanvar 2025 yil
412
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasida bo‘ldi
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasida bo‘ldi. Vazir o‘rinbosari viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasida bo‘lib, shaxsiy tarkib bilan yo‘riqnoma o‘tkazdi. Boshqarmada xodimlar xizmat olib borishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. So‘ngra, Shahrisabz shahrining YUNESKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Amir Temur nomidagi tarixiy markaziga tashrif buyurdi. U yerdagi qadimiy obidalar, ularning saqlanish holati, turistlarga yaratilgan qulayliklarni ko‘zdan kechirdi. Xodimlarga tarixiy markazda xizmat olib borish, xorijiy va mahalliy sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash borasida tavsiyalar berdi.