12 Sentyabr 2024 yil 377

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruhning Qashqadaryo viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda

Dastavval, Vazir o‘rinbosari viloyat IIB JXX YHXBda bo‘lib, yo‘l-patrul xizmati inspektorlari ishtirokida saf ko‘rigi o‘tkazdi. Saf ko‘rigi davomida xodimlarning xizmatga shayligi, anjomlari hamda saf tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi.

 Shuningdek, joriy yilda qurilishi rejalashtirilayotgan Ko‘kdala va Shahrisabz tumani YHXBlari ma’muriy binolarining ta’mirlash taqdimot rejasi bilan ham yaqindan tanishdi.

General-mayr jarayonda xizmat avtomobillarining soni, texnik holatini ko‘zdan kechirib, xizmat va ish unumdorligini kuchaytirish, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

So‘ngra, “Qo‘ng‘irtog‘” dala o‘quv poligonida bo‘lib, ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlari bilan tanishdi.

Text to speech