13 Fevral 2024 yil 407

Ichki ishlar vaziri oʼrinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov Qashqadaryo viloyatida oʼrganishlarni boshladi

Hududda kriminogen vaziyat barqarorligi, jinoyatchilikning oldini olish, aholi muammolarini oʼrganish va yechim topish, fuqarolarni bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni oʼrganish maqsadida bugun Ichki ishlar vaziri oʼrinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov Qarshi shahrida oʼrganishlar olib bordi.

Ilk manzil shahardagi “Xontepa” mahallasi boʼldi. 

Vazir oʼrinbosari mahallada huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, roʼy berganlarini fosh etish, fuqarolar xavfsizligini va bandligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash borasida mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. 

“Yashil” toifaga mansub mahallada huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab, oldini olish, notinch oilalardagi vaziyatni oʼrganib, muammolarini hal etish, muqaddam sudlanganlar va yoshlarni ish bilan taʼminlash borasida yettilik amalga oshirgan ishlarni Vazir oʼrinbosari yuqori baholadi. 

“Xontepa” mahallasi yettiligi bilan boʼlgan suhbatda kelgusida ham mahallani “yashil” toifada boʼlishini taʼminlash, qonunbuzarliklarni oldini olish borasida jamoatchilik kuchidan samarali foydalanish, ichki ishlar va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan tungi vaqtlarda nazorat yanada kuchaytirish, fuqarolar gavjum toʼplanadigan joylarga videokuzatuv moslamalari, xonadonlarni qoʼriqlash pulьtiga ulashga oid tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.

Ichki ishlar vaziri oʼrinbosari general-mayor Bahodir Mirzaraximov boshchiligidagi ishchi guruh keyingi manzil Qarshi shahridagi “Eski anhor” mahallasida boʼlib, yettilik va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda kriminogen vaziyatni jilovlash borasida amalga oshirilgan ishlari bilan yaqindan tanishdi. 

Muloqot davomida mahallaning aholi gavjum boʼladigan maskanlarida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish uchun oʼrnatilgan videokuzatuv moslamalarining ish jarayoni, xonadonlarni qoʼriqlash pulьtiga ulanishi, qonunbuzarliklarni oldini olish usullari, “Ijtimoiy profilaktika” tizimining ish samaradorligi, “fuqarobay”, “mahallabay” ishlar, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil etildi. 

Shundan soʼng, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va ayollarning muammolarini aniqlash va hal qilish, bandligini taʼminlash boʼyicha mahallalar yettiligiga yoʼriqnomalar berdi. 

Viloyat IIB JXX JTSB patrul-post xizmati batalьonida boʼlgan Vazir oʼrinbosari xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlarni koʼzdan kechirdi. Batalьon navbatchilik qismida aloqa vositalari, maxsus vositalar saqlanadigan xona, dam olish va oshxonada xodimlarga yaratilgan qulayliklarni oʼrganib, oʼzining tavsiya va takliflarini berdi. 

Batalьonda sport zalida xodimlar jismoniy chiniqishi uchun yaratilgan sharoitlar, mashq jihozlari, shaxsiy tarkibning merganlik mahoratini oshirishga moslashtirilgan oʼq otish xonasini koʼzdan kechirib, ushbu yoʼnalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish boʼyicha asʼullarga tegishli yoʼriqnomalar berdi. 

Vazir oʼrinbosarining Qashqadaryo viloyatidagi oʼrganishlari davom etmoqda.

Text to speech