Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Shahrisabz shahar, Yakkabog‘, Shaxrisazb, Kitob tumanlari ichki ishlar bo‘limlari faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi
Avval xabar berganimizdek, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari —
Ma’naviy - ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i
general-mayor Davron Nazarmuxamedov boshchiligidagi ishchi guruh bugun
Shahrisabz shahar va Yakkabog‘ , Shahrisabz, Kitob tumanlari ichki ishlar
bo‘limlarida jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash orqali xavfsiz muhitni
hamda aholi osoyishtaligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini
olish, aholining muammolarini hal etish hamda “ijtimoiy profilaktika”
tizimining samaradorligini yanada oshirish maqsadida o‘rganishlar olib bordi.
Hududiy ichki ishlar organlarida bo‘lgan vazir o‘rinbosari
avvalo, ma’muriy binoda xodimlar va aholiga yaratilgan sharoitlar bilan
yaqindan tanishib, mavjud muammolarga e’tibor qaratdi.
Hududni obodonlashtirish, xizmat xonalarini axborot
texnologiyalari bilan jihozlanishi, fuqarolar qabuli uchun yaratilgan
shart-sharoitlarni o‘rgandi.
Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar
samaradorligini oshirish, xodimlarning intellektual salohiyati, kasbiy
mahoratini yuksaltirish, “xodimbay” ishlash davomida shaxsiy tarkibning oilaviy
va boshqa muammolarini o‘rganib, uchrayotgan muammolarini bartaraf etish
xususida tegishli tavsiyalar berildi.
Xodimlar bilan samimiy muloqot davomida har bir ichki ishlar
organlari xodimining belgilangan xizmat intizomiga hamda qonuniylikka amal
qilishi, fuqarolar bilan xushmumomalada bo‘lishi “Yangi O‘zbekiston - yangi
ichki ishlar organlari” tizimini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat
qilishini alohida ta’kidladi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Shahrisabz tuman IIBda
bo‘lim JXX HPB XQMB katta inspektori, podpolkovnik Moxigul Kenjayeva bilan
suhbatlashdi. Katta inspektorning tumanda xotin-qizlar o‘rtasida
huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasida hamkor tashkilotlar
bilan amalga oshirayotgan ishlari, ayollar bandligini ta’minlash, huquqlarini
himoya qilishga oid faoliyati va kelgusi rejalari haqidagi fikrlarini tingladi.
Uning kasbiy faoliyati va intellektual salohiyatini yuqori baholadi.
O‘rganishlar davomida shahar va tumanlarda kriminogen
vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar, jinoyat va
huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillar birma bir tahlil
qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Vazir o‘rinbosari Kitob tumanidagi “Paxtaobod” mahallasiga
xizmat ko‘rsatuvchi bo‘lim JXX HPB 56/5-sonli tayanch punktiga tashrif
buyurib, beshlik bilan suhbatlashdi.
Muloqot davomida mahallada jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash,
osoyishtalikni ta’minlash, aholi bilan “xonadonbay” ishlarni amalga oshirishda
huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholining muammolarini hal etish
hamda “ijtimoiy profilaktika” tizimi doirasida amalga oshirilgan ishlarni
tahlil etdi.
So‘ngra, profilaktika inspektori, katta leytenant Yigitali
G‘aniyevning xizmat uyida bo‘lib, yashash uchun oilaviy shart-sharoiti, davlat
ramzlari o‘rnatilganligi, hovlidagi obodonchilik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Vazir o‘rinbosarining viloyat bo‘ylab
o‘rganishlari davom etmoqda.