22 Yanvar 2025 yil 783

Ichki ishlar vaziri rahbarligida tashkil etilgan respublika ishchi guruhi a’zolari Dehqonobodda

Davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida oʻz faoliyatini olib bormoqda. Jumladan, bugun mazkur ishchi guruh a’zolari Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Umid Nurakbayev, viloyat prokuraturasi boʻlim boshligʻi Aziz Ochilov, viloyat IIB JXX yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Nodir Ismatov Dehqonobod tumanida boʻlib, tuman hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi sektor rahbarlari bilan birgalikda tuman hokimligi faollar zalida hamkor davlat organlari va tashkilotlar masʼullari, “mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda mazkur qarorning mazmun mohiyatini ijro organlarining barcha boʻgʻinlariga yetkazish, interfaol metodlardan foydalangan holda uning samaradorligini oshirish masalasiga eʼtibor qaratildi. Qaror talablaridan kelib chiqib, viloyatning har bir tuman va mahallalariga ichki ishlar organlari, prokuratura, Milliy gvardiya, hokimiyat hamda aloqador tashkilotlarning masʼullari biriktirildi. 

Shuningdek, Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor maqsadlarga erishish, Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosini taʼminlash boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish, sodir etiladigan qonunbuzilishlarning asl omillarini oʻz vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar bilan manzilli bartaraf etish orqali jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab boʻlayotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida samarali chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati haqida masʼullar tomonidan ishtirokchilarga tushuntirishlar berildi.

Oʻtgan yilda jinoyat sodir etilgan har bir mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda jinoyatlarni barvaqt profilaktika qilishning mahallalar kesimida choraklik manzilli chora-tadbirlarini belgilagan holda mahalla-tuman-viloyat darajasida uning ijrosi uchun bevosita masʼul rahbarlarni biriktirish va aniq sohaviy javobgarlikni yuklash, ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida joylarga chiqqan holda maqsadli oʻrganishlarni oʻtkazish orqali huquqbuzarliklarga sabab boʻlayotgan asl omillarni aniqlash va barham berish boʻyicha tashkiliy-huquqiy choralarni koʻrish, mahallalarda yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda “mahalla yettiligi” har bir vakilining aniq masʼuliyatini belgilandi.

Kelgusida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishning samarali tizimini shakllantirish maqsadida “E-ijtimoiy profilaktika”, “E-maʼmuriy ish” axborot tizimlarini amaliyotga keng jalb etish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Text to speech