23 Mart 2024 yil 418

Ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik fidokorona xizmatlari, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uni oldini olish ishlariga qo‘shgan munosib hissalari...

Ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik fidokorona xizmatlari, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uni oldini olish ishlariga qo‘shgan munosib hissalari

 hamda 21 mart – “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2024 yil 21 mart kunidagi “Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan Dehqonobod tumani ichki ishlar bo‘limi “Beshbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inidagi profilaktika katta inspektori, podpolkovnik Xusan Abraxmatov “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga ko‘ra bir guruh ichki ishlar organlari xodimlariga «A’lo xizmatlari uchun», II-III-darajali «Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun» ko‘krak nishonlari, «Faxriy yorliq», esdalik qo‘l soati va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda vohaning taniqli san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga xushkayfiyat ulashdi. 

Text to speech