31 Iyul 2024 yil 705

Ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan “Probatsiya oyligi” doirasida "Hamkor" maxsus profilaktik tadbiri Dehqonobod tumanida ham jadal olib borilmoqda.

Ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan “Probatsiya oyligi” doirasida "Hamkor" maxsus profilaktik tadbiri Dehqonobod tumanida ham jadal olib borilmoqda. Jumladan, yaqinda tuman IIB Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar, ma’muriy nazorat ostida turgan, ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan va profilaktik hisobdagi hamda muqaddam sudlanganlar bilan qayta jinoyat va huquqbuzarlik sodir qilmaslik va sud tomonidan tayinlangan taqiq va cheklovlarga amal qilishlari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Dehqonobod tumani IIB ma’sul rahbarlari va tuman prokurori o‘rinbosari ishtirok etib, qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatga jazo muqarrarligini, har bir shaxs qilmishiga yarasha jazolanishini ta’kidlashib, tumanimizda yaqin orada sodir etilgan jinoyatlarning tafsilotlari yig‘ilish ishtirokchilariga yetkazildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech