6 Noyabr 2024 yil 1172

Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 25 oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami munosabati bilan Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmsida tantanali taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Viloyat ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari xodimlari, tizim faxriylari, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan xodimlarning oila a’zolari ishtirok etgan tadbirni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov ochib, Ichki ishlar vazirining ichki ishlar organlari xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Boshqarma boshlig‘i tadbirda tizim xodimlari, faxriylari va xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan xodimlarning oila a’zolariga o‘zining samimiy bayram tilaklarini bildirdi.
Vohada huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, qonun ustuvorligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borayotgan faoliyati davlatimiz va vazirlik rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanayotganini ta’kidladi.
Prezidentimizning farmoniga asosan bir nafar xodimga berilgan davlat mukofoti, ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga binoan viloyat ichki ishlar boshqarmasi tizimlariida faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruh xodimlar “A’lo xizmatlari uchun”, I, II, III darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, maxsus unvonlar, faxriy yorliq va esdalik qo‘l soatlari, faxriylarga “Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi” ko‘krak nishoni, qo‘l soati va boshqa qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Shu bilan birga xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan mard o‘g‘lonlarning oila a’zolari ham bayram tadbirida qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Qarshi shahridagi muhtasham Baxtli oila tantanalar majmuasida ichki ishlar organlari xodimlari, faxriylar va boshqa taklif etilgan mehmonlar bir piyola choy ustida dildan suhbatlashdilar.
Bayram quvonchli va hayajonli lahzalarga boy bo‘ldi.

Text to speech